«Al-Hilol» 6 iyunda Messi transferi haqida e’lon qilmoqchi

    Sport 3 Iyun 2023 1459

    Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi Lionel Messi transferini tezroq rasmiylashtirishni istamoqda.

    Diario Sport xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klubi argentinalik 35 yoshli yulduz bilan 6 iyun kunigacha shartnoma imzolab, seshanba kuni bu haqda rasman e’lon qilishni xohlamoqda. Ar-Riyod klubi rahbariyati tezroq futbolchining roziligini olib, transferni rasmiylashtirish maqsadida bu sanani belgilagan.

    Messi ham faoliyatini qayerda davom ettirishi bo‘yicha masalani cho‘zmoqchi emas. U bugun «PSJ» tarkibidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi.

    «Barselona» ham Messini qaytarishni istayotgan bo‘lishiga qaramay, hali futbolchiga rasmiy taklif bera olmayapti.

    Avvalroq, «Al-Hilol» Messiga yillik 400 million yevro maosh taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

    Ma’lumot uchun, Lionel joriy mavsum Fransiya chempionatidagi 31 o‘yinda 16ta gol va shuncha assistga mualliflik qildi.