Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchiga umumiy maoshi 90 million yevro bo‘lgan 3 yillik bitim taklif qilishgan. Ayni damda "Al Hilol" "Chelsi"ga talab qilinayotgan 40 million yevroni to‘lab berishga tayyor.
Lukaku Yevopada qolmoqchi va "Chelsi" "Inter" bilan transfer borasida kelishib olishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lukaku so‘nggi mavsum ijara asosida "Inter" sharafini himoya qilib, barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazdi va 14 ta gol hamda 7 ta assist amalga oshirdi.
Shuningdek, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva hali ham "Al Hilol" qiziqishi doirasida bo‘lib turibdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, saudiyaliklar futbolchi uchun “shaharliklarga” 70 million yevro to‘lashga tayyor. Shuningdek, futbolchiga yiliga 90 yevro berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Silva o‘tgan mavsum 54 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.