"Al Imtiaz Investment Group" guruhi 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, aktivlarni boshqarish, ko‘chmas mulk, sog‘liqni saqlash, sanoat va moliya sohalariga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan.
Kuvayt kompaniyasining oziq-ovqat yetishtirish, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, ko‘chmas mulk obyektlarini qurish bo‘yicha tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.