Al Jazeera: G'azoda BMT gumanitar yordam karvoni o'qqa tutildi

    G'azo sektoriga gumanitar yordam yetkazayotgan BMT mashinalariga o'q uzildi va ularning yuklari o'g'irlandi.

    Qatarning Al Jazeera telekanaliga ko'ra, hujum oqibatida uch nafar haydovchi jarohatlandi.

    Qayd etilishicha, Falastin anklavining markaziy qismida BMT gumanitar yordam karvoniga hujum qilingan. Janubiy chegaradan Dayr al-Balah shahri tomon harakatlangan 20 yuk mashinasidan 14 tasiga o'q uzilgan va ular olib ketayotgan oziq-ovqatlar o'g'irlangan.

    O'tgan yilning 7-oktabr kuni G'azo sektoridan Isroil hududiga Falastinning HAMAS radikal harakati jangarilarining kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlari aholisining o'ldirilishi va asirlarning garovga olinishidan keyin Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Bunga javoban Isroil G'azoda HAMASning harbiy va siyosiy tuzilmasini yo'q qilish va o'g'irlab ketilganlarning hammasini ozod qilish maqsadida operatsiya boshladi, deb xabar beradi tass.ru.