Isroilning G'azo sektoriga uyushtirgan qator aviazarbalari oqibatida halok bo'lganlar soni 232 nafarga yetdi. Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Unga ko'ra, Isroil harbiy-havo kuchlarining Falastin anklaviga bergan qator zarbalari davomida kamida 232 kishi halok bo'lgan. Qayd etilishicha, halok bo'lganlar orasida ayollar va bolalar ko'p.
Avvalroq 200 kishi halok bo'lgani xabar qilingandi.
18-mart kuni Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) G'azo sektoridagi Falastinning HAMAS harakatiga tegishli terrorchilar obyektlariga keng ko'lamli zarbalar bergani haqida xabar berdi va Amerikaning Axsios portali jurnalisti Barak Ravid X ijtimoiy tarmog'ida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasiga tayanib, Isroil HAMASga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlaganini ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.