Unga ko'ra, Isroil harbiylari Falastin anklavini o'qqa tutish va bombardimon qilish jarayonida 500 dan ortiq mahalliy maktab, universitet va kollejlarni vayron qilgan, minglab falastinliklarni ta'lim olish imkoniyatidan mahrum qilgan.

Telekanalning ta'kidlashicha, isroillik harbiy xizmatchilar ko'pincha G'azo shahridagi ta'lim muassasalari, jumladan, o'quv majmuasi va universitetni ataylab vayron qilgan.

2023-yil 7-oktabrda G'azo sektoridan Isroil hududiga Falastinning HAMAS radikal harakatining qurolli tarafdorlari kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlari aholisining o'ldirilishi va asirlarning garovga olinishi bilan Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Bunga javoban Isroil Falastin anklavida quruqlikdagi harbiy operatsiyani boshladi. Janglar Misr, Qatar va AQSh vositachiligida Isroil va HAMAS o'rtasida erishilgan kelishuv – G'azoda sulh kuchga kirgunga qadar joriy yilning 19-yanvarigacha davom etdi, deb xabar beradi tass.ru.