Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.
Unga ko'ra, hozirda Isroil armiyasi Falastin anklavining janubiy va markaziy qismlarida reydlar o'tkazib, Xon-Yunis va Nusayrat qochqinlar lageriga zarba bermoqda.
To'qqizga yaqin kishi ularning qurboni bo'ldi.
Avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi Isroil, Falastinning HAMAS harakati, AQSh va Qatar tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish va G'azo sektorida o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuv imzolanganini tasdiqlagan edi, deb xabar beradi report.az.