Unda Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichida yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan dastlabki 6 nafar iqtidorli oʻquvchi hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi tasarrufidagi maktablarning 18 nafar oʻquvchidan iborat 3 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Olimpiada ikki bosqichda 23-mart kuni yozma ish, 24-mart kuni test sinovi tarzida boʻlib oʻtadi. Umumiy hisobda yuqori ballarni egallagan oʻquvchilar gʻolib hisoblanadi.