Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi oʻtkaziladi

    Ta'lim 5 May 2025 1353

    Olimpiada 7-13-may kunlari poytaxtimizda boʻlib oʻtadi.

    Qayd etilishicha, unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashadi.

    Eslatib oʻtamiz, III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan (matematika va informatika)dan tashkil etilmoqda.