Qarorga koʻra, muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi.
Universitetning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan
— matematika, aerokosmik texnologiyalar, muhandislik, IT va sunʼiy intellekt sohalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash;
— ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, chet ellardagi nufuzli, tan olingan ilmiy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish.
— Universitetda taʼlim jarayoni 2025/2026 oʻquv yilidan tashkil etiladi hamda talabalarni oʻqitish davlat va ingliz tillarida kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.
— V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali Universitet binosida tashkil etiladi hamda har bir ilmiy xodimga talaba biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi
Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.








