Alamedadagi maxfiy iqlim tajribasi

    Bilasizmi? 11 Aprel 2024 1599

    AQShda quyosh geomuxandislik loyihasi bo'yicha maxfiy tajribalar boshlandi.

    Bundan maqsad iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishdir.

    Kaliforniya ko'rfazida iqlim o'zgarishi bo'yicha g'alati tajriba o'tkazilmoqda. Vashington univesiteti bir guruh olimlari San-Fransisko ko'rfazining sharqiy qirg'og'idagi Alamedada ishdan chiqqan samolyot tashuvchi kemasidan havoga mikroskopik tuz zarrachalarini osmonga yo'naltirishmoqda. Bu, quyosh nurini aks ettiruvchi bulutlarni ko'paytirish orqali global isish jarayonini sekinlashtirish bo'yicha mamlakatdagi birinchi ochiq tajribadir.

    Bu haqda juda kam odam oldindan bilganligi, global isishni sekinlashtirishning potentsial usuli sifatida ularga qiziqish ortib borayotganiga qaramay, bu kabi geomuhandislik loyihalariga tanqidiy ko'z bilan qaraydiganlar talaygina. Shu kabi tanqidchilarning loyihani to'xtatib qo'yishiga bo'lgan urinishlaridan qo'rqib, loyiha mualliflari tafsilotlarni sir tutmoqdalar.

    Tajriba may oyining oxirigacha davom etadi. Ko'plab mutaxasislar Vashington universiteti loyihasining navbatdagi qadamlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda, loyiha ikki bosqichni o'z ichiga oladi, bu qirg'oqdan bir chaqirim uzoqlikda noma'lum hudud ustida bo'lib o'tmoqda.