Albaniya sun'iy intellekt modelini yaratdi va uni “vazir” etib tayinladi

    Albaniyada sun'iy intellekt bazasidagi model` “Sun'iy intellekt-vazir” sifatida foydalaniladi.

    “Diella” (alban tilida “quyosh”, ayollar ismi) nomini olgan model` davlat xaridlari uchun javobgar bo'ladi, deb xabar beradi Telegrafi.

    Albaniya Bosh vaziri Edi Rama “Diella” hukumatning jismonan mavjud bo'lmagan birinchi a'zosi ekanligini aytdi. Uning ta'kidlashicha, model` sun'iy intellekt yordamida virtual tarzda ishlab chiqilgan.

    Bosh vazirning ta'kidlashicha, sun'iy intellekt modeli “100 foiz buzilmaydigan” davlat xaridlari tizimini yaratish maqsadida davlat tenderlarini o'tkazadi.

    “Diella” allaqachon davlatning elektron Albaniya raqamli platformasida qo'llanilmoqda, bu ko'pchilik davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi, deb xabar berdi gazeta.ru.