Ijro harakatlari davomida qarzdorga ijro hujjati talablari tushuntirilib, aliment pullari oʻz vaqtida toʻlashligi toʻgʻrisida ogohlantirilgan va qarzdor X.N. Respublika hududidan chiqishi vaqtincha cheklangan.

Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdor aliment pullarini toʻlamagan.

Joriy yilning 26-aprel holatida qarzdor X.N.ning aliment qarzdorligi 12.955.433 soʻmni tashkil qilgan va ushbu aliment qarzdorligini undirish maqsadida qarzdorga tegishli boʻlgan “NEXIA” rusumli avtomashina tegishli tartibda xatlanib, vaqtinchalik saqlashlik uchun jarima maydonchasiga qoʻyilgan.

Ijro hujjati boʻyicha, qarzdor X.N. undiruvchi L.A. bilan oʻzaro kelishgan holda hozirgi kunga qadar toʻplanib qolgan aliment qarzdorligi va 2 nafar farzandi voyaga yetgunga qadar toʻlanishi lozim boʻlgan aliment mablagʻlari oʻrniga oʻziga tegishli boʻlgan va davlat ijrochisi tomonidan xatlanib, jarima maydonchasida saqlanayotgan “NEXIA” rusumli avtomashinasini undiruvchi L.A.ning nomiga notarius orqali rasmiylashtirib berdi va mazkur ijro hujjati amalda tamomlanishi taʼminlandi.