Bu haqda Majburiy ijro byurosi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Xoʻjaobod tumanlararo sudining 2020-yil 24-martdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Z.U.dan undiruvchi М.М. foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun har oy topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish koʻrsatilgan ijro hujjati kelib tushdi.
Hujjatga asosan qarzdor ota aliment qarzdorligini oʻz vaqtida toʻlanmagani sabab, 14 mln. soʻm miqdorida qarzdorlik shakllangan.
Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida qarzdor Z.U. aliment qarzlari bilan birga oldindan 5-yil uchun aliment pullarini toʻlab berishni bildirdi. Qarzdorning maʼlum qilishicha, uning kasbi quruvchilik va u tez kunlarda Rossiya federatsiyasiga ishlash uchun chiqib ketishi lozim.
Shu tariqa, Z.U. Farzandi taʼminoti uchun 11 200 AQSh dollari (142 mln. soʻm) miqdoridagi pullarni taqdim qildi.
Endilikda, Z.U.ning xorijga chiqishi uchun qoʻyilgan cheklovlar olib tashlanadi.