Alimentni toʻlamagan ota jazoga tortildi

    Qarzdor S.R. aliment pullarini toʻlashdan boʻyin tovlab yurganligi oqibatida uning qarzdorligi 7 million soʻmdan oshgan.

    Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanlararo sudining sud buyrugʻiga asosan, qarzdor S.R.dan undiruvchi S.D.ning foydasiga ikki nafar farzandi taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan edi.

    Qarzdor S.R. aliment pullarini toʻlashdan boʻyin tovlab yurganligi oqibatida uning qarzdorligi 7 million soʻmdan oshgan.

    Shu bois Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman boʻlimi xodimlari tomonidan qarzdor S.R.ga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar Jinoyat ishlari boʻyicha Chimboy tuman sudiga yuborilgan.

    Sud tomonidan qarzdor S.R.ga Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksining tegishli moddasiga asosan oʻn besh sutka qamoq jazosi qoʻllanildi.