Aliovul obod boʻlyapti

    Mamlakatimizda 16 Iyun 2021 1396

    Soʻnggi yillarda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orolboʻyi hududida keng koʻlamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Xususan dengizning qurib qolgan hududida saksovul va boshqa shoʻrga chidamli oʻsimliklardan iborat oʻrmonzorlar barpo etilayotgani, Orolboʻyi aholisining munosib turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar shular jumlasidandir.

    Bir paytlar dengiz porti boʻlgan Moʻynoq dengizdan yuzlab kilometr olisda joylashgani ayni haqiqatdir.. Tumanidagi “Aliovul” qishlogʻi tuman markazidan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan boʻlib, bu yerda 3 mingga yaqin aholi vakillari istiqomat qiladi. “Aliovul”da yashayotgan fuqarolarning munosib turmush sharoitlarini yaxshilash, ovul aholisining bandligini taʼminlash, shuningdek, bu yerda munosib infratuzilmani barpo etish maqsadida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan “Obod qishloq” dasturi amalga oshirilyapti.

    — Televizorda “Obod qishloq” dasturi asosida obod boʻlayotgan qishloq va ovullarni havas bilan kuzatib, kun kelib, bizning Aliovulda ulkan hajmdagi obodonlashtirish ishlarining olib borilishi hayolimga ham kelmagandi, —deydi ovul oqsoqoli Majid Sherniyazov — Bu kabi ishlarda ovulimizning yoshu qarisi dasturning amalga oshirilishiga oʻz hissasini qoʻshishga bel bogʻlagan.

    Bir soʻz bilan aytganda, “Aliovul”da obodonlashtirish ishlari qizgʻin pallaga kirdi.

    Shuningdek, mazkur ovulda Nukus shahri va Moʻynoq tumani markazidan kelgan bir guruh shifokorlar boʻlib turibdi.

    Malakali mutaxassislar tomonidan oʻtkazilayotgan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar davomida ovul ahli ultratovush, UZI, EKG tekshiruvlaridan oʻtkazilib, mobil laboratoriyada qon tahlili bilan bir necha soniyada tanishish imkoniga ega boʻlmoqda.

    Bundan tashqari “Aliovul”da “mobil davlat xizmatlari” avtobusida yuzdan ziyod davlat xizmatlari taqdim etilyapti.

    Qayd etish kerakki, chekka ovul aholisi olib borilayotgan bu kabi ishlardan “Aliovul” qishlogʻi ahli minnatdor.

    Berdax Jiyenbayev,

    Oʻzbekiston Ekologik partiyasi

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi

    bosh mutaxassisi.