Tanlovda 30 yoshgacha boʻlgan, dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Yaratilgan mobil ilova (android) quyidagi talablarga javob berishi lozim:

sifatli, yoshlarbop UI/UX dizayn;

Alisher Navoiy ijodi namunalari: Xamsa, dostonlar, gʻazallar (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek tilida).

Tanlovda ishtirok etishni istagan dasturchilar 2021-yil 5-fevralgacha jamoa aʼzolari, bogʻlanish uchun telefon raqam, mobil ilova va mobil ilova haqida 200 soʻzdan oshmagan maʼlumotlarni tanlovlar@yoshlar.gov.uz manziliga yuborishlari zarur.

Tanlov gʻoliblari hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholanadi hamda gʻoliblar Apple MacBook Air 13 va diplom bilan mukofotlanadi.