Alisher Navoiy haqida hujjatli film suratga olindi

    Madaniyat 25 Avgust 2021 2302

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan “SPECTRE” studiyasi tomonidan “Xalq yuragi” turkum hujjatli filmlaridan biri “Alisher Navoiy” tarixiy hujjatli filmi suratga olindi.

    Kinokartina oʻzbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiyning shaxsiga boʻlgan qarashlarda yangicha yondashuv asosida ishlangan. Unda tarixiy badiiy rekonstruksiyalar, kompyuter grafikasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti vakillari — navoiyshunos olimlar bilan intervyulardan foydalanilgan.

    Ssenariy muallifi va kinokartinala boshlovchi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi-rassom Shahzod Muhammadiyev, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, montaj ustasi Zuhriddin Asamov, ijrochi prodyuser Davronxoʻja Abdugʻaniyevlardan iborat ijodiy jamoa mazkur film qutlugʻ bayramimizga munosib toʻyona boʻlishini taʼkidlashmoqda.

    Filmda asosiy rollarni Muhammad Rafiqov, Elmurod Shodiyev, Gʻayrat Boymirzayev, Anvar Azimov, Asal Abdullayeva, Ali Choriyev kabi aktyorlar ijro etishgan.