Ulugʻ mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulugʻ bobokalonimizga ehtirom koʻrsatish, asarlarini oʻrganish, uni dunyoda keng targʻib etishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.
Bugun muxtasham Adiblar xiyoboni keng jamoatchilik vakillari bilan gavjum boʻldi. Turli mutasaddi tashkilotlar qatori Davlat ekologiya qoʻmitasi rahbariyati, xodimlari ham ushbu tantanali tadbirda ishtirok etib, buyuk alloma, oʻzbek adabiy tili asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qoʻydilar, deb yozmoqda qoʻmitaning matbuot xizmati