Gazetaning asosiy vazifasi mahalliy aholini mahalliy maʼmuriyat buyruqlari, yangi hukumatning buyruqlari va farmonlari toʻgʻrisida xabardor qilishdan iborat boʻlgan. Nashrda rasmiy materiallardan tashqari paxtachilik, aviatsiya, astronomiya, arxeologiya, tarix, adabiyot, sanʼat, jurnalistika va boshqa mavzularga oid maqolalar ham chop yetilgan.

Gazeta Turkiston general-gubernatorligi devonxonasining bosmaxonasida haftasiga ikki marta chop etilgan, bir dona nusxasining narxi 5 tiyinni tashkil yetgan. Dastlab gazeta mahalliy mualliflarning maqolalariga muhtoj boʻlgan va aholini hamkorlikka undash uchun har bir harf uchun 1 tiyindan toʻlagan. Agar maqolada 300 soʻz boʻlsa, muallif 3 soʻm miqdorida gonorar olgan - oʻsha davrlarda bu munosib pul edi!

Gazetaning shu kungacha saqlanib qolgan nusxalari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining qoʻlyozmalar, nodir va qimmatli nashrlar fondida saqlanmoqda. Ushbu va boshqa asarlar asosida Butunjahon jamiyati mualliflar jamoasi Eriyell Group xalqaro neft xizmati kompaniyasining koʻmagi bilan “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining qoʻlyozma va kitob merosi” kitob-albomini chop yetishga tayyorlamoqda.

Kitob-albom 2021-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtadigan Butunjahon Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha butunjahon jamiyatining kongressida eʼlon qilinadi.