Suhbat davomida elchixona bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni jadallashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
M.Pirmo‘xsiniy universitet bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida qayd etdi.
Ta’kidlanganidek, universitetning bir guruh doktorantlari o‘tgan yili Eronda malaka oshirib qaytdi va fors tilini o‘qitishning yangi usullarini o‘zlashtirib, universitetdagi ta’lim jarayoniga tatbiq etmoqda.
Uchrashuvda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Fors tili va madaniyati markazini tashkil etishga kelishib olindi.
Muloqot chog‘ida Eron oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘quv vebinarlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida universitetga elchixona tomonidan yangi kompyuter jamlanmalari taqdim qilindi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida har yilda 4-5 nafar universitet o‘qituvchilarini Eronga malaka oshirishga jalb qilish, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Fors tili va madaniyati markazini tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuvda, shuningdek, yaqin kunlarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan Eronning Tehron hamda Tarbiyati mudarris universitetlari o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.