Alisher Usmonov FIE prezidentligiga saylanganidan bir oz vaqt oʻtib, lavozimini tark etdi

    Alisher Usmonov oʻz ixtiyori bilan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidagi faoliyatini toʻxtatdi. Bu haqda FIE saytida soʻz boradi.

    “FIE Ijroiya qoʻmitasi Usmonovning oʻz xohishi bilan federatsiya samarali ishlashini taʼminlash maqsadida FIE prezidenti sifatida vakolatlari va majburiyatlarini bajarishni toʻxtatish borasidagi qaroridan xabardor qilindi. Ijroiya qoʻmita FIEʼning uzluksiz faoliyatini taʼminlash maqsadida Usmonovning qarorini qabul qildi va ratifikatsiya qildi. Emmanuel Katsiadakis federatsiyaning vaqtincha rahbari etib tayinlandi”, — deyiladi xabarda.

    Ijroiya qoʻmita qarori FIE kongressiga ratifikatsiya uchun taqdim etiladi.

    Alisher Usmonov 30-noyabr kuni shvetsiyalik Otto Drakenbergni ortda qoldirib, FIE rahbari etib saylangandi. 71 yoshli tadbirkor 2008-yildan 2022-yilgacha FIE rahbari boʻlgan.