Loyiha dizayn-konsepsiyasi jahon talablarini inobatga olgan holda Marokashdagi “Studio KO” meʼmorchilik byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi. Ushbu loyiha Alisher Usmanovning “Sanʼat, ilm va sport” xayriya jamgʻarmasi koʻmagida amalga oshiriladi.

Yurtimiz va chet elliklar ichun ijodiy maskanni tashkil etish boʻyicha poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan ikkita obyekt tanlab olindi.

Birinchi obekt “Namuna” mahallasida joylashgan, anʼanaviy meʼmoriy koʻrinishi saqlab qolingan hamda qayta taʼmirlangan “Matkarimboy” madrasasi boʻlib, ushbu manzil ijodiy maydon yaratish uchun xizmat qiladi. Ikkinchi obyekt esa eski bolalar bogʻchasi — “Xasti Imom” mahallasida joylashgan.