Aljirda katta o'rmon yong'inlari sodir bo'ldi, deb xabar berdi Reyters agentligi.

Yjng'inga mamlakatda uzoq vaqt davom etayotgan issiqlik va qurg'oqchilik sabab bo'lgan. Ayrim mintaqalarda havo harorati tsel`siy bo'yicha 46 darajaga etib, mamlakat suv tanqisligi bilan kurashmoqda.

Hozirgi vaqtda o't o'chiruvchilar vertolyotlar yordamida Aljir poytaxtidan 150 kilometr sharqda, Tizi-Uzuzu provintsiyasidagi yong'inni o'chirishga harakat qilmoqda.

Mamlakatning 14 provintsiyasida kamida 19 ta yong'in sodir bo'lgan. Yjng'in uylarni qamrab oldi. Mahalliy aholi esa yong'inni o'chirishda Fuqaro mudofaasi guruhlariga ko'ngilli yordam ko'rsatmoqda.