Çalık Enerji bilan hamkorlik masalasi muhokama etildi

    Xalqaro hamkorlik 23 Avgust 2023 1003

    Toshkent shahar hokimligida poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqovning Çalık Enerji turk kompaniyasining bosh direktori Onur Yujekal bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Sh. Umurzoqov Oʻzbekistonda, xususan, Toshkentda, keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganini maʼlum qildi. Jumladan, iqtisodiyotni liberallashtirish, biznes uchun qulay muhit yaratish, qonun va huquqiy kafolatlar ustuvorligini taʼminlash boʻyicha ishlar davom etmoqda, shuningdek, investorlar bilan ishlashning toʻlaqonli tizimi joriy etildi. Bundan tashqari, mehmonlarga Toshkent shahar hokimligining faoliyati, uning qisqa va uzoq muddatli rejalari haqida batafsil maʼlumot berildi.

    Onur Yujekal Çalık Enerji kompaniyasi faoliyatining yoʻnalishlari va koʻlami haqida soʻzlab berdi. Kompaniya Oʻzbekiston energetika sohasida roʻy berayotgan oʻzgarish va islohotlarning guvohi ekanligini taʼkidlab, istiqbolli hamkorlik uchun barcha asos va sharoitlar mavjudligiga urgʻu berdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.