Tadbirda fuqaro U.G. oʻz uyida yashirin sex tashkil qilib, qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, tadbir davomida ushbu xonadondan 4 861 dona qalbaki aksiz markalar, 403 dona “Qaratau” nomli qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari, hajmi 1 litr idishdagi 191 dona spirt, shtrix kodli yorliqlar va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.