Tadbirda fuqaro M.I. oʻz uyida etil spirtidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan jami 2 412 dona qoʻlbola usulda tayyorlangan “Shahrisabz” va “SURQASH” nomli alkogol mahsulotlari, 2 400 dona shisha idishlar, 80 litr spirt, 76 dona yorliqlar va boshqa tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departament, DXX va IIBning Sherobod tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvda, fuqarolar N.R. va S.Yu.ning xonadonlarida qoʻlbola usulda tayyorlangan 675 dona “Denov” nomli alkogol mahsulotlari rangli printerda chop etilgan 466 dona qalbaki aksiz markalar hamda boshqa moddiy ashyolar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.