Unda asosiy e’tibor ishlab chiqariladigan iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlarining organoleptik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda sifat kafolati yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratildi.
Ma’lumot uchun: organoleptik baholash - inson sezgi a’zolarining o‘rganilayotgan obyekt sifatidagi mahsulot xususiyatlariga bo‘lgan javob reaksiyasi, ya’ni inson sezgi a’zolari yordamida – ko‘rish, hid bilish, ta’m sezish, ushlab ko‘rish orqali mahsulot sifatini (hidi, ta’mi, rangi va boshqalarni) tekshirishdan iboratdir.
Mazkur yig‘ilishda komissiya tomonidan 200 ga yaqin iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlarini, shuningdek, qaytadan ishlab chiqarishga qo‘yilgan va tarkibi o‘zgartirilgan mahsulotlarning sifatini organoleptik baholash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, komissiya tomonidan quyida masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi:
- etil spirti va alkogol mahsulotlarini, iste’molchilar, nazorat qiluvchi organlar va tashkilotlar o‘rtasida mahsulot sifati bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda sifatini organoleptik baholash;
- asosiy mahsulotlar, xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni degustatsiya bahosi bo‘yicha yagona amaliyotni shakllantirish;
- o‘rganish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida mahsulot sifatini baholash bo‘yicha yig‘ilishlarga qatnashish;
- tashkilotlarning degustatsiya guruhlariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
- ekspertlarni xalqaro, mintaqaviy va boshqa mahsulot tanlovlarida ishtirok etishga tavsiya qilish;
- mahsulotlar sifatini oshirish va ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarga rioya etishga yo‘naltirilgan degustatsiya natijalari to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqish.
Tadbir davomida korxonalar tomonidan ishlab chiqarilib, degustatsiyaga taqdim qilingan alkogol mahsulotlari tahlil qilinib, tajribaviy eksperimental mahsulotlar namunalarini va yangi nomdagi tasdiqlangan mahsulotlarni organoleptik baholash orqali tegishli qarorlar qabul qilindi.