Shuningdek, jami 497,6 million soʻmlik 40 ming 267 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyilgan.

Tovarlar musodara qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga yuborilgan.
Shu oʻrinda bu kabi noqonuniy harakatlarga yoʻl qoʻymaslikda tadbirkorlar quyidagi ikkita omilga rioya qilishlari kerakligini taʼkidlash joiz:
Tovarlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan kundan boshlab 12 oy oʻtgach, raqamli markirovka qilish shart boʻlgan tovarlarni Oʻzbekiston hududida markirovkasiz sotish taqiqlangan;
2022-yil 1-yanvardan tamaki va alkogolli mahsulotlarni identifikatsiya qilish vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash belgilanganligiga rioya etish.
Biz anchadan buyon masʼul idoralarni alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi boʻyicha qatʼiy tartiblar oʻrnatishga chaqirib kelmoqdamiz. Chunki soʻnggi paytlarda kontrabanda bilan bogʻliq vaziyat yanada yomonlashgan. Masalan, noqonuniy tamaki mahsulotlarini sotish koʻrsatkichi 15 foizga yetgan.

Afsuski ayrim tadbirkor va sotuvchilar ogohlantirish nima ekanligini tushunmaydilar. Ular koʻp hollarda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tekshiruv joylarini tark etgach yana noqonuniy savdosini amalga oshirishni davom ettiradilar.

Gap aholi salomatligini saqlash va iqtisodiyotni sogʻlomlashtirish haqida ketarkan baʼzi oʻrinlar, shu jumladan noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi masalasida ogohlantirishlar yetarli taʼsirga ega emas. Bu oʻrinda qonunbuzarlik uchun qatʼiy jazolari qoʻllashga oʻtish lozim, deb yozmoqda deputat Rasul Kushirbayev.