Mazkur yangilik iqtisodiyotda shaffoflikni oshirish va nazorat tizimini kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Yangi tartib orqali savdo jarayonlarida ochiqlik taʼminlanib, davlat byudjetiga soliq tushumlari ortishi kutilmoqda. Shu bilan birga, noqonuniy savdo holatlariga chek qoʻyish, isteʼmolchilar uchun qulaylik yaratish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, alkogol va tamaki mahsulotlarini xarid qilishda elektron toʻlovlarning joriy etilishi orqali sifati kafolatlanmagan va kontrafakt mahsulotlarning muomalaga kirib kelishining oldi olinadi. Bu esa sohadagi huquqbuzarliklarni kamaytirishga zamin yaratadi.
Mazkur chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-246-sonli Farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
Ushbu qaror yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va moliya tizimida shaffoflikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolar va tadbirkorlardan alkogol va tamaki mahsulotlari savdosini bank kartalari hamda elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish soʻralmoqda.