Shu yilning 21-fevral kuni Oliy sudda taftish tartibida ko‘rilayotgan MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda ayblangan jami 7 kishiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud qarori e’lon qilindi.
Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, sud qaroriga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillar yetarli bo‘lmaganligi sababli, B. Yoqubov, S. Siddiqov, A. Qurbonmurodov, A. Tashov, A. Salimov, J. Turg‘unov va X. Zufarovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari bekor qilinib, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan tugatildi.
Ish yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib borishda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillarni to‘plash choralarini ko‘rmagan IIB xodimiga nisbatan Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, ishni sudda ko‘rib chiqishda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovchi dalillar yetarli emasligiga e’tibor bermagan sudyalarga nisbatan Sudyalar malaka hay’atiga xususiy ajrimlar chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Oliy sudi ochiq majlisda Allamjonovning 7 nafar xodimi ishi ko‘rib chiqilishi bo‘yicha xabarlar e’lon qilingandi.