Toshkentda “UzFood 2023” Xalqaro koʻrgazmasi start oldi

    Agrosektor 29 Mart 2023 1003

    Bugun 2023-yil 28-martda Toshkent shahrida navbatdagi “UzFood 2023” xalqaro koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.

    Koʻrgazmani Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Umid Mamadaminov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

    Ochilish marosimida xorijiy davlatlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari vakillari, ekspertlar va xalqaro kompaniyalarning rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.

    3 kun davom etadigan ushbu koʻrgazmada 26 ta davlatdan 283 dan ziyod xalqaro va mahalliy korxona va tashkilotlar oʻz mahsulotlari va ishlab chiqarish uskunalari bilan ishtirok etyapti.

    “Oʻzekspomarkaz” pavilyonlarida goʻsht, sut, qandolat, alkogolsiz ichimliklar va boshqa turdagi oziq-ovqatlar, meva-sabzavot mahsulotlari namoyish etilyapti.

    Koʻrgazmaga tashrif buyurgan korxona va tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar bu yerda qishloq xoʻjaligida mahsulot yetishtirish va ishlab chiqarish borasida koʻplab yangiliklarga ega boʻlish, oʻzaro tajriba almashish va xalqaro shartnomalarni imzolash imkoniyatlariga ega boʻlyapti, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.