Prezident sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilab berdi.

Alohida farmon bilan Texnik tartibga solish agentligi, Sanepidqoʻm, Veterinariya qoʻmitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi.

Bunda takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Masalan:

  • oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligi nazorati bilan faqat Sanepidqoʻm shugʻullanadi;
  • oziq-ovqat uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi;
  • qoʻmita asosiy oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro talablarga – Kodeks Alimentariusga muvofiqlashtiradi.

Boshqa tizimlar ham xuddi shu tartibda qayta koʻrib chiqiladi.