баннер
27 Mar 2025
09:29

    Aloqabank “yoshlar banki”ga aylantirildi

    Prezident imzolagan uchinchi hujjatga koʻra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratildi.

    Bank oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million soʻmgacha 7-yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.

    Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan, kamida 20 nafar yoshni ishga olib, kichik korxona ochgan va oʻquv markazi tashkil qilgan yosh tadbirkorlarga 7-yil muddatga 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit beriladi.

    Bank kreditlarining kamida 30 foizi xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yoʻnaltiriladi.

    Hududlarda “yoshlar biznes inkubatori” tashkil qilinib, yoshlar gʻoyalari startapga aylantiriladi, 6 oydan 3-yilgacha qoʻllab-quvvatlanadi, tayyor biznes, korxona darajasiga olib chiqiladi.

    “Aloqa venchur” jamgʻarmasi orqali startaplarga 50 mingdan 1 million dollargacha sarmoya kiritilib, mahsulot va xizmatlarni ichki va xalqaro bozorlarda sotish, biznes hamkor topish, qoʻshimcha investitsiyalar jalb qilishga koʻmaklashiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech