O'tgan asrning 60-yillari boshlarida fotosuratchi Aleksandr Gerinas sakkiz oylik qizi Elenani suratga olib, uni qandolat mahsulotlari o'rami uchun tanlovga yuborgan. Biznes egalariga esa qizchaning surati ma'qul kelgan. Shu tariqa 8 oylik qizaloq mashhur brend ramziga aylangan.
Voqea bilan bog'liq shunday ma'lumot ham borki, yillar o'tib, qizaloq ulg'aygach, reklama uchun fabrikadan haq talab qilgan. Haq undira olmagach, sudga bergan. Alaloqibat, sudda yutqazgan.