Amazonka daryosida suv sathi keskin pasayib ketdi, kuchli qurg'oqchilik kuzatilmoqda

    Ko'plab daryolar qurib, o'n minglab odamlar olis o'rmon qishloqlarida oziq-ovqat va dori-darmonsiz qolib ketishgan. Braziliya hukumati qurg'oqchilik iqlim o'zgarishi va El-Nino hodisasiga bog'liq ekanini aytmoqda.

    Oqibatda Amazonka shimolida yog'ingarchilik o'rtacha tarixiy ko'rsatkichdan pastlagan va daryolar sathi rekord darajaga tushib ketgan. Suv sathining pasayishi Amazonka atrofida yashaydigan qariyib 30 million kishining hayotiga xavf solyapti.

    20 ta shaharda favqulodda holat e'lon qilingan. Ko'plab daryolar qurib, o'n minglab odamlar uzoq o'rmon qishloqlarida yordamsiz qolmoqda, deb xabar beradi t.me/haqiqatonline_24.