Ma’lumot uchun: Amex GBT bosh qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgan sayohatlarni boshqarish kompaniyasi bo‘lib, 140 dan ortiq davlatda 18 mingga yaqin xodimlariga ega. Eng yuqori darajadagi turizm segmentida faoliyat yuritadi. Asosiy mijozlari - AQSh va boshqa davlatlarning yirik banklari va xususiy kompaniyalari rahbarlari va boshqaruv xodimlari.
Muzokaralarda O‘zbekistonda yuqori darajadagi sayohat va turizm xizmatlarini tashkil etish va bu segmentda sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, jumladan, soni ortib borayotgan aviareyslar, mashhur brendli mehmonxonalar, zamonaviy kurortlar va yuqori gastronomik imkoniyatlar borasida batafsil taqdimot o‘tkazildi.
Prabir Roy O‘zbekiston Amex GBT mijozlari uchun hali ochilmagan yangi yirik salohiyatga ega destinatsiya ekanligini alohida ta'kidlab, ushbu segmentda mamlakatda mavjud imkoniyatlarni birgalikda ochishga tayyorligini bildirdi. Mazkur yo‘nalishda yaqindan hamkorlikni o‘rnatish, shuningdek, aviakompaniya va turoperatorlar ishtirokida amaliy qadamlarni boshlash doirasida tegishli kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Turizm qo‘mtasi matbuot xizmati.