Suhbat avvalida Amerika tomoniga Oʻzbekistonda paxta yetishtirish va uni qayta ishlashga yangi klaster yondashuvini joriy etish, paxta terimi va yetishtirishda bolalar va majburiy mehnatga barham berish boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar, toʻqimachilik sohasidagi korxonalarni davlat tomonidan tizimli qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasining oʻzbek paxtasiga global boykot bekor qilinganidan keyin yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
S.Lamar Oʻzbekiston qisqa vaqt ichida aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishganini, xorijiy korxonalar va investitsiyalar uchun istiqbolli bozorga aylanganini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida Toshkentda boʻlib oʻtadigan xalqaro toʻqimachilik forumi ishiga Amerika kiyim va poyabzal uyushmasi aʼzolari orasidan yetakchi riteyler va brendlarni jalb etish boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.