Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan Gʻallaorol tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.X. va A.A. fuqaro Yu.Q.ning ishonchiga kirib, goʻyoki uni 18 000 AQSH dollari evaziga Yevropa davlatlari orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishini aytadi hamda 2 000 AQSH dollari va 200 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.