Amerikada 105 yoshdan kattalar o‘rtasida yugurish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

    Sport 15 Noyabr 2021 1378

    AQShda o‘tgan “Luiziana o‘yinlari” musobaqasida muxlislar e’tiborli voqelikka guvoh bo‘lishdi. Unda ishtirok etgan Julia “Hurricane” Xovkins 105 yoshdan kattalar o‘rtasida jahon rekordini o‘rnatdi.

    Ayollar o‘rtasida 100 metrga yugurishda o‘rnatilgan yangi rekord 1:02.95 daqiqani tashkil etmoqda. Musobaqadan so‘ng Xovkins xonim kelajakda 1 daqiqadan ham kamroq vaqt bilan o‘z rekordini yangilashni niyat qilgani haqida aytib o‘tdi.

    “Hurricane” so‘zi “bo‘ron” degan ma’noni anglatadi.