AQSHning Boʻronlarni kuzatish milliy markazi mamlakatning Florida shtatiga yangi “Isaias” tropik boʻroni kelishi haqidagi maʼlumotni tasdiqladi.

Xabarga koʻra, ushbu tropik boʻronning shamol tezligi sekundiga 20 metrdan oshadi.

Avvalroq, Puerto-Riko hukumati yaqinlashib kelayotgan boʻron tufayli mamlakatda favqulodda holat holatini joriy etgan. Milliy gvardiya safarbar qilingan, sohil qoʻriqchilari esa mahalliy aholini suv toshqini xavfi haqida ogohlantirgan edi.