AQSHga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Samarqandda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.K. fuqarolar Sh.Z. va B.R.ning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishini vaʼda qilgani, ularning har biridan 12 000 AQSh dollaridan jami 24 000 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritayotgan vaqtida ushlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, ushbu pullar hisobidan 4 000 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.