Buning evaziga S.A. ularning har biridan 11 ming AQSH dollaridan, jami 22 ming AQSH dollari soʻrab, ushbu pulning 70 foizini oldindan, qolgan 30 foizini esa viza hujjatlari tayyor boʻlganidan keyin berishlari kerakligini talab qiladi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda u 15.400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi, 1999-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan A.N. oʻzining tanishlari yordamida poytaxtlik fuqaroni AQSHga ishga yuborish evaziga 21 ming AQSH dollari talab qilib, 9 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.