Amerikalik olimlar kartoshkani sabzavot deb atamaslikni talab qilishdi

    Amerikalik olimlar kartoshkani sabzavot deb atamaslikni talab qilmoqda. Chunki ko'pchilik uni parhezbop mahsulot sifatida ko'p iste'mol qilib, semirib ketishyapti.

    “Olimlar kartoshkani guruch, bug'doy va jo'xori kabi don sifatida tasniflamoqchi. Ularning ta'kidlashicha, tarkibida kartoshka ko'p bo'lgan parhezlar amerikaliklarning 66 foizidan ortig'ida ortiqcha vazn va semirib ketishga olib keldi. Shu bois, semirishni kamaytirish uchun kartoshkani endi sabzavot deb atashdan voz kechish kerak.

    Amerikaliklar uchun parhez qoidalari bo'yicha maslahat qo'mitasi kartoshka boshqa sabzavotlar kabi “u qadar foydali emas” deb e'lon qildi. Yaqinda o'tkazilgan tadqiqot ozuqa moddalarining aksariyati uning po'stlog'ida mavjudligini ko'rsatdi, deb xabar beradi tvr.by.