Tuman hokimi Akmal Ostonov amerikalik mohir pedagog Ashley Lane bilan uchrashib, tumanda taʼlim sifati hamda oʻqituvchi va oʻquvchilarning ingliz tilini bilish darajalarini oshirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida fikr almashdi.
Shartnoma imzolanib, 6 oy davomida tumandagi barcha ingliz tili oʻqituvchilarini oʻqitishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida oʻzbekona qadriyatlarimizga xos tarzda Ashley Lane hamda Buxoro davlat universiteti oʻqituvchisi D. Xadjayevalarga tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.