Tashkil etilganiga koʻp vaqt boʻlmagan mazkur xususiy bogʻchada bolajonlar Amerika fuqarosi, pedagog-tarbiyachi Miss Fortuna (Miss Fortuna) xonimdan ilk ingliz tili saboqlarini olishmoqda.
Hozir nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasidagi 50 nafarga yaqin bolajonlar amerikalik pedagog-tarbiyachining sof ingliz tilida xalqaro taʼlim standartlari asosida oʻtayotgan mashgʻulotlarida katta qiziqish bilan ishtirok etyapti.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda Qibray tumanida 9 ta xususiy bogʻcha faoliyat olib bormoqda.