O'zbekiston vaqti bilan har shanba kuni soat 21:20 da Xalqaro darajadagi raqs murabbiysi, xoreograf emiko Karnamrita Noor Nakamura (Emiko Karnamrita Noor Nakamura) boshchiligida Amerika qit'asi bo'ylab Xorazm raqs san'atidan mahorat darslari olib borilmoqda.
Bu loyihada xalqaro akademiyaning professional raqqoslari Zoom (Zoom) videokonfrentsiyasi orqali Xorazm lazgi raqs san'ati darg'asi, O'zbekiston xalk artisti Gavhar Matyoqubova hamda shogirdlari, “Nihol” mukofoti sovrindori Dilnoza Ortiqova, mohir lazgi raqqosi Otabek Ro'zmetovlar tomonidan Xorazm lazgi san'atining sir asrorlarini o'rganishmoqda.
Bundan asosiy maqsad Xorazm lazgisini dunyoga tanitish va O'zbekiston turizm salohiyatini keng yanada targ'ib qilishdir.
Mahorat darslarida lazgi raqsining kichik elementlaridan tortib uning sahnalashtirilgan ko'rinishlari ham o'rgatilmoqda. Bir yarim soat davom etadigan ushbu mahorat darslarida Gavhar Matyoqubova Xorazm raqs san'atining tarixi, uning boshqa xalqlarning raqslaridan farqli va jozibali tomonlari bo'yicha ham o'z bilimlarini berib bormoqda.
Keyingi online video darslarni go'zal Xiva fonida o'tkazish rejalashtirilgan.