“Amir Temur jangovar bayrogʻi” Qashqadaryoda tantanali kutib olindi

    Prezident tashabbusi bilan armiya tizimida taʼsis etilgan “Amir Temur jangovar bayrogʻi” mukofoti uchun oʻtkazilgan bu yilgi tanlovda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi gʻolib boʻldi.

    Bugun “Amir Temur jangovar bayrogʻi” Qashqadaryoga keltirildi.

    Bayroqni keltirgan guruh Qarshi temiryoʻl vokzalida tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirda harbiylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

    Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat harbiy-maʼmuriy sektori rahbari Murotjon Azimov Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻmondonligini va barcha voha ahlini bu yuksak mukofot hamda Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor tabrikladi.

    Tadbirda buyuk sarkarda Amir Temur siymosi aks ettirildi. Shuningdek, soʻz olganlar jangovar bayroqning tarixiy va maʼnaviy ahamiyati hamda milliy gʻurur va jasorat ifodasi ekanligini taʼkidlandi.