Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, yoʻl choʻkish holati kuzatilganligi bois, zudlik bilan FVV va boshqa idoralar hamkorligida tezkor choralar koʻrilmoqda.
Shu sababli, dam olishga boruvchilar tuman hududidan oʻtgan 4R-6 “Toshkent-Chimyon” avtomobil yoʻlining 72-kilometrida ortga qaytarilmoqda.
Yoʻl sozlash ishlari amalga oshirilib, harakat tiklanganidan soʻng qoʻshimcha maʼlumot beriladi.