Hozirda ikkinchi bosqichi davom etayotgan “Amirsoy” yoʻli qurilishida floraga nisbatan qatʼiy talablar qoʻyilgan.
Aniqlanishicha, “Amirsoy” togʻ-changʻi kurorti majmuasiga olib boruvchi avtomobil yoʻli yoqasida har xil manzarali va mevali daraxtlar jami 214 ta ekanligi aniqlangan. Shundan, 58 tup shumtol, 33 tup zarang, 20 tup tut, 22 tup yongʻoq, 37 tup yapon saforasi, 44 tup mojjevelnik bor. Ushbu mevali daraxtlarning oʻlchamlari 10 sm dan 25 sm gacha boʻlib, yoshi 7-8 yillikdir.
Bugungi kunda ushbu nihollarni koʻchirib oʻtkaziladigan hududni tanlash ishlari olib borilmoqda. Agar yoʻl qoʻrilishida zaruriyat tufayli ulardan qaysisini koʻchirib oʻtkazish lozim topilgan taqdirda ularning ildiz qismiga shikast yetkazmagan holda 50, 60 sm tuproq qatlami bilan koʻchirib oʻtkaziladi.